13:30 / 01.03.2025
845

"Plymut" bilan o‘yin oldidan Gvardiolaning fikrlari

"Plymut" bilan o‘yin oldidan Gvardiolaning fikrlari
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Kubogi 1/8 finali doirasida "Plymut"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Murabbiy bunday uchrashuvlarning xavfli bo‘lishini ta’kidladi.

"Chempionshipda standart vaziyatlar – asosiy qurol. APL ham bu borada ulardan o‘rganishi mumkin. Ular oldinda juda agressiv tarzda himoyalanadi. Chempionship, 1 va 2-ligalarda standart vaziyatlar katta ustunlik beradi. "Plymut" yangi murabbiy qo‘l ostida ancha yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Oxirgi 10-11 o‘yinda ular faqat uch marta mag‘lub bo‘ldi", – dedi Gvardiola.

"Man Siti" ustozining ta’kidlashicha, "Plymut" ushbu turnirda "Liverpul"ni mag‘lub etgan.

"Shu sababli juda og‘ir bahs kutyapman. O‘z maydonimizda o‘ynashimiz kichik bir ustunlik, ammo biz bunday o‘yinlar xavfli bo‘lishini bilamiz. Bu jamoalar o‘z uslubida juda kuchli. Agar ular o‘z kuchli jihatlarini ko‘rsata olsa va bizni bu borada ortda qoldirsa, qiyinchiliklar bo‘lishi aniq", – deya qo‘shimcha qildi ispan mutaxassis.

Uchrashuv bugun, 1-mart kuni soat 22:45 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport