17:58 / 01.03.2025
184

"Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o‘z safiga qo‘shib oldi
Xabaringiz bor, "Manchester Siti" klubi qishki transfer oynasida 4 nafar yangi o‘yinchini sotib oldi.

Bundan tashqari, 2024 yilning yanvar oyida transfer qilingan va bir yilga o‘z klubi "River Pleyt"ga ijaraga berilgan hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri ham 27 fevral kuni "shaharliklar" safiga kelib qo‘shilgani e’lon qilindi.

"Manchester Siti" safiga qishda kelib qo‘shilganlar:

1. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston), 2004
2. Vitor Reys (Braziliya), 2006
3. Omar Marmush (Misr), 1999
4. Niko Gonsales (Ispaniya), 2002
5. Klaudio Echeverri (Argentina), 2006

Qizig‘i, Vitor Reys hamda Klaudio Echeverri 2023 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionatida Braziliya hamda Argentina o‘smirlar terma jamoasi sardori bo‘lishgan. O‘sha musobaqaning chorak finalida bu ikki yurt jamoasi o‘zaro to‘qnash kelgan. Uchrashuvda Echeverri xet-trik qayd etib Argentina U-17 ni yarim finalga olib chiqqan. 2025 yilga kelib esa "Manchester Siti" Braziliya va Argentina o‘smirlar terma jamoasi sardorlarini o‘z safiga qo‘shib oldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport