
Xabaringiz bor, ayni paytda Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha 76-"Strandja" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun doirasida, hozirga qadar 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.
Yarim finallarning dastlabkisida, -51 kg da Asilbek Jalilov turkiyalik Samet Gumusga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Xo‘janazar Nortojiyev -57 kg da bo‘lib o‘tgan yarim finalda qozog‘istonlik Orazbek Assilqulovni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.
-80 kg da Fazliddin Erkinboyev avstriyalik Osaro Aimufuani qiyinchiliksiz yengib, finalga chiqdi.
-92 kg vaznda To‘rabek Xabibullayev irlandiyalik Jak Marleyni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Oldinda bizni yana 5 nafar bokschimizning janglari kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar