16:53 / 02.03.2025
9 182

Abduqodir Husanovni “Manchester Siti”da hali nimalar kutmoqda?

Abduqodir Husanovni “Manchester Siti”da hali nimalar kutmoqda?
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Tottenxem” maydonidan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi pozitsiyasini mustahkamlab oldi.

- Joriy mavsum jarohatlar va tarkibdagi boshqa muammolar tufayli “shaharliklar” uchun ancha qiyin kechmoqda. Shunga qaramay, jangovar jamoa shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. Yanvarda amalga oshirilgan katta transferlar hozirdan o‘z kuchini ko‘rsatmoqda.

“Manchester Siti” muxlislari yangi kelganlar orasida Abduqodir Husanovning salohiyatini yuqori baholamoqda va “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoada hali uzoq yillar xizmat qiladigan yangi sardor paydo bo‘layotganini ta’kidlashyapti, - deb yozmoqda nufuzli manbalardan biri – manchestercity.news portali eksperti Juzeppe Labellarte.

“Manchester Siti” muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilamiz.

Abduqodir Husanov o‘yinlar davomida salohiyati va darajasi yuqori ekanini namoyish qilmoqda”.
* * *
“Umuman olganda o‘zbek futbolchisi yaxshi o‘ynayapti va uning hali yosh ekani yanada o‘sishi mumkinligidan dalolat beradi”.
* * *
“Husanov futbol o‘ynash uchun Manchesterdan Londonga piyoda kelishga tayyor”.
* * *
“Husanov “shaharliklar” bo‘lajak sardori. Biz muxlislar hamma futbolchilar ham aynan Abduqodirdek harakat qilishini istaymiz”.
* * *
“Husanov bu yerga hurmat-e’tibor qozonishni ko‘zlab emas, futbolni qanday o‘ynashni ko‘rsatish uchun kelgan”.
* * *
“U ortiqcha harakatlardan xoli, bor diqqatini haqiqiy futbol o‘ynashga qaratgan. Bu futbolchida yaqin kelajakda “Siti”ning eng yorqin yulduzi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar yetarli”.
* * *
“Husanovning o‘yini, tempi, tezkorligi, foydali paslari meni hayratga solyapti. U jamoamiz kelajagi”.
* * *
“Avval ham aytganman, yana qaytaraman: Abduqodir Husanov kelajakda “Oltin to‘p” sohibiga aylanadi”.
* * *
“Husanov bizning monstrga aylandi, buni ko‘rib turibmiz. Kelajakda jamoa afsonasi ham bo‘ladi”.
* * *
“Husanov uzoq yillar “Manchester Siti” sardori bo‘lishi kerak”.
* * *
“Husanovning bilagida sardorlik bog‘ichi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, maydondagi erkaklar orasida haqiqiy yetakchi bo‘lib qolaveradi”.

Ta’kidlash joizki, 20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanovning “shaharlik” ashaddiy fanatlari mehri va e’tiborini qozonish uchun atigi bir oy kifoya qildi xolos. Bu vaqt ichida legionerimiz Premer-liga, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami beshta uchrashuvda maydonga tushib, yuqori darajada o‘yin namoyish qildi.

Har bir uchrashuvdan keyin Abduqodir Husanovning mahoratini yuqori baholayotgan raqib jamoalar futbolchilari ham o‘zbek futbolchini zo‘r o‘yin bilan tabriklamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport