
Italiya A Seriyasining 27-turida “Roma” futbolchilari “Olimpiko” arenasida liga debyutanti “Komo”ni qabul qilib, 2:1 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Rimliklar birinchi bo‘lim oxirlarida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. Klaudio Raneri tanaffusdan keyinoq taktikani o‘zgartirib, yangi o‘yinchilarni maydonga tushirdi.
Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyatni yaratdi. Uning pasidan Pellegrini unumli foydalana olmadi. Birinchi bo‘limda faol harakat qilishga urindi. Biroq to‘p bilan ishlashda xatolarga yo‘l qo‘ydi. Himoyaga bosim o‘tkazishni kanda qilmadi, lekin bu hech qanday foyda keltirgani yo‘q.
Eldor Shomurodov birinchi bo‘limdan keyin o‘rnini jarohatdan qaytgan Artyom Dobikka bo‘shatib berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.