14:25 / 03.03.2025
5 248

Abduqodir Husanov – “Manchester Siti”ning yangi yulduzi!

Abduqodir Husanov – “Manchester Siti”ning yangi yulduzi!
O‘zbek futbolida hozirgi kunning eng asosiy qahramoni kim? Bu savolga javob aniq – Abduqodir Husanov! Qishki transferlar oynasida fransuzlarning “Lans” klubidan "Manchester Siti" safiga qo‘shilgan himoyachi bugungi kunda Angliya futboliga tobora moslashib bormoqda.

Husanov – jahon futbolida yangi nom

Yo‘q, bu afsona emas! Yosh himoyachining Premer-Liganing eng murakkab tizimiga juda tez moslashib ketishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, u “Nyukasl”, “Tottenxem”, “Liverpul” va “Real” kabi jahon grandlari yulduzlariga qarshi bahslarda o‘ziga ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.

Aleksander Isaak, Bruno Gimaraynsh, Son Xyon Min, Muhammad Saloh kabi yulduzlarga qarshi qaytaruvsiz himoyaviy harakatlari Husanovning Yevropada tobora mashhur bo‘lib borishiga olib kelmoqda.

Gvardiola va Silva Husanov haqida nima deydi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham o‘zbek himoyachisini yuqori baholab, uni jamoaning muhim qismiga aylanayotganini ta’kidladi. Klub yulduzlaridan biri Bernardu Silva esa Husanovning iqtidori haqida alohida fikr bildirdi:

🔹 “Ingliz tilida yaxshi gaplasha olmaydigan va ozgina tushunadigan Abduqodir uchun Angliyada oson bo‘lmasligi aniq edi. Ammo u barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘z o‘yinini namoyish etmoqda,” – dedi Silva.

🔹 “Kelganidan keyin bir hafta ham shug‘ullanmay turib, “Chelsi”ga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushdi. Bu juda og‘ir vazifa edi. Biroq u katta xarakter ko‘rsatdi va debyutdan so‘ng kundan-kunga o‘sib boryapti. Husanov fantastik talantga ega futbolchi!”

Husanov uchun katta imkoniyatlar!

Abduqodir Husanov Angliya futbolida o‘z o‘rnini mustahkamlab, “Manchester Siti” safidagi asosiy himoyachilardan biriga aylanishi mumkin. Premer-Liga va Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatlari uning yanada katta darajaga chiqishiga yordam beradi.

Bugun jahon futboli Abduqodir Husanovni kuzatmoqda, va u o‘zbekistonlik futbolchilar uchun yangi yo‘l ochmoqda!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport