
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Milliy terma jamoamiz a’zosi ushbu sovrin uchun Erling Xoland va Yoshko Gvardiol bilan kurash olib bordi.

Ushbu tanlovga xorijlik muxlislarning fikrlari juda qiziq bo‘ldi. Eng asosiysi shuki, klubning X (tvitter) tarmog‘idagi post tagida hech bir xorijlik futbol ishqibozlari o‘yinchimiz haqida hech qanday yomon so‘z aytishmagan. Ya’ni u bu sovringa loyiq emas edi, deb hech kim fikr qoldirmagan.
Quyida muxlislarning tabriklari, qo‘llab-quvvatlashlari va fikrlari bilan tanishishingiz mumkin:
- "Husanov bunga haqli, loyiq edi"
- "Tezkor va mustahkam himoyachi"
- "Bizning yangi o‘zbekistonlik jangchimiz"
- "Bu sovrinni eng haqli futbolchi qo‘lga kiritdi"
- "Himoyachi juda zo‘r darajada o‘smoqda"
- "Siti" muxlislari kundan-kunga Abduqodirni yaxshi ko‘rib borishmoqda"
- "Shak-shubhasiz eng asosiy favorit"
- "Jamoaga eng katta ta’sir o‘tkazgan futbolchi ushbu sovringa loyiq edi"
- "Ak45ga omad tilayman, u loyiq edi"
- "UzBekenbauyer"
- "Mutlaq super yulduz himoyachi yetishib chiqmoqda"
- "Abduqodir Husanov Virjil van Deykdan yaxshiroq"
- "Husanov o‘zining ajoyib harakatlari bilan shaharni o‘ziga jalb qildi"
- "Men albatta u uchun ovoz berdim, chunki u loyiq edi"
- "Ofarin Abduqodir, shunday o‘ynashda davom eting, siz bundan ulkanlariga ham loyiqsiz"
- "U maydonda harakat qilgan barcha uchrashuvda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi, qoyil"
- "Sovrin o‘z egasini topdi"
- "Bizning yangi qahramonimiz hisoblangan Husanovni Allohim qo‘llasin"
- "Abduqodirni tabriklaymiz, bizning eng kamtar futbolchimiz"
- "U birinchi oydayoq buni isbotladi, uning ismini eslab qoling"
- "U qattiq ishlashda davom etib, bu sovringa ega chiqdi"
- "Manchester Siti"ning yangi devori"
- "Kelajakdagi buyuk futbolchining ilk kichik sovrini"
- "Hozirgi kunda butun dunyo O‘zbek himoyachisini kuzatib bormoqda, unga omad tilayman" - deya qisqa ta’riflar berib o‘tib, 21 yoshli himoyachimizga omad tilagan holda, qo‘llab-quvvatlashdi.
Bundan tashqari, deyarli barcha muxlislar Husanov bunga loyiq edi, eng haqli futbolchi bu mukofotni qo‘lga kiritdi, deb o‘z fikrlarini qoldirishgan. Shu bilan birga, bir inson Husanovga 2 million ovoz berilganini ham ta’kidlab o‘tib, hayratlanayotgan stikerni qo‘ydi. Aytib o‘tganimizdek, "Siti" va futbol fanatlari ushbu sovrin eng haqli insonga berilganini yozib, hech qanday qarshi gaplar aytishmagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur barcha muxlislarning fikrlari "Manchester Siti"ning rasmiy X (tvitter) sahifasidan olindi.
Ma’lumot o‘rnida, milliy terma jamoamiz yetakchisi fevral oyida "Leyton Oriyent", "Nyukasl Yunayted", "Real Madrid", "Liverpul" va "Tottenxem"ga qarshi bahslarda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga ham ulgurdi.




Bundan tashqari, bir necha kun oldin klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Husanovsiz Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun va Angliya kubogida chempionlik uchun kurasha olmasligini aytib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar