11:15 / 08.03.2025
9 699

Abbosbek Fayzullayev SSKAda o‘ynab ketishiga ishonmaganlar haqida gapirdi

Abbosbek Fayzullayev SSKAda o‘ynab ketishiga ishonmaganlar haqida gapirdi
Abbosbek Fayzullayev SSKAga o‘tishiga qarshi bo‘lganlar haqida fikr bildirdi.

- O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik sizni Moskvaga ko‘chib o‘tishdan qaytarishga urinishgan, chunki u yerda olti oy ham o‘ynolmaysiz deb o‘ylagani rostmi?

– Mening yaqinlarim meni doim qo‘llab-quvvatlaydilar va menga ishonishadi. Lekin O‘zbekistonda ko‘pchilik: «U uddalay olmaydi va tez orada qaytadi», deb aytishdi. Hattoki ba’zi murabbiylar ham shunday fikr bildirishdi. Bunday gap-so‘zlar menga yanada ko‘proq motivatsiya berdi.

Boshida o‘zim ham tezda o‘ynab ketishimga ishonmagan bo‘lsam ham tavakkal qilishga qaror qildim. Lekin jamoaga qo‘shilganimdan so‘ng tezda moslashib ketishimni tushundim. Menga ishonmaganlarga o‘zimni o‘yinim bilan barchasini isbotlab qo‘ydim deb o‘ylayman.

Manba: @pfccskamoscow

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport