
Angliya Premer-ligasining 28-turida amaldagi chempion «Manchester Siti» mehmonda «Nottingem Forest» jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Kallum Hadson-Odoy tomonidan kiritildi.
«Siti»ning ustunligi, ammo samarasizlik
- «Manchester Siti» uchrashuv davomida 69% to‘p nazoratiga ega bo‘ldi, 14 marta zarba yo‘lladi, ammo ularning atigi 3 tasi nishonga tegdi.
- «Nottingem Forest» esa 9 marta zarba berib, 4 tasi darvoza to‘riga yo‘naldi.
Jamoalarning holati:
- «Nottingem Forest» ushbu g‘alabadan so‘ng 51 ochko to‘plab 3-o‘ringa ko‘tarildi.
- «Manchester Siti» esa 47 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi.
Gvardiolaning fikrlari: Husanov yaxshi o‘ynadi!
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining o‘yini va himoyachilarning harakatlari haqida shunday dedi:
«O‘yinni yaxshi nazorat qildik, ammo ko‘p vaziyat yarata olmadik. Raqib juda yaxshi himoyalandi. Biz hujumni yakunlaydigan vaziyatlarni yarata olmadik. Birinchi bo‘limda uzoqdan zarba berish imkoniyatlari bo‘ldi, lekin ular noaniq ketdi.»
«Bugun raqibga juda kam imkon berdik. Birgina vaziyatdan oson foydalanib ketishdi. Himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Husanov darhaqiqat yaxshi o‘ynadi. Bizda boshqa futbolchilar yo‘q, ammo shunga qaramay yaxshi futbol ko‘rsatdik.»
«Husanov maydonda bo‘lgan vaqtda ham, Diash bilan ham himoyamiz yaxshi ishladi.»
«Siti»ni oldinda 10 final kutib turibdi
- Gvardiolaning ta’kidlashicha, «Manchester Siti» chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 10ta hal qiluvchi uchrashuvni o‘tkazishi lozim.
- Keyingi turda «Siti» «Brayton»ga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushadi.
Abduqodir Husanov jamoasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Gvardiola tomonidan alohida maqtaldi. U «Siti» himoya chizig‘ida Diash bilan birgalikda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi va raqib hujumchilariga juda kam imkoniyat qoldirdi.
«Siti» chempionlik yo‘lida ortda qolmoqda, ammo hali oldinda 10 final bor. Ular bu imkoniyatdan foydalana oladimi? Buni vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar