
Ispaniya La Ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Osasuna» uchrashuvi oldidan har ikki jamoa asosiy tarkibini e’lon qildi.
Hans Flik shogirdlari 4-2-3-1 taktik sxemasida maydonga tushadi. Darvozani Voytsex Shesni qo‘riqlaydi, himoyada – Jyul Kunde, Erik Garsiya, Pau Kubarsi va Joan Martin harakat qiladi. Yarim himoyada Gavi va Dani Olmo, hujumkor yarim himoya chizig‘ida esa Lamin Yamal, Ferran Torres va Rafinya maydonga tushadi. Hujum markazida esa Mark Kasado harakat qiladi.
«Osasuna» bosh murabbiyi Visente Moreno Peris jamoasini 5-4-1 taktik sxemasi asosida joylashtirgan. Darvozada Serxio Errera, himoya chizig‘ida Bretones, Errando, Katena, Boymo va Areso joy olgan. Yarim himoyada Saragosa, Munyos, Monkayola va Ruben Garsiya, hujum markazida esa Ante Budimir harakat qiladi.
Uchrashuv «Olimpik» stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan 01:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar