
Seriya Aning 28-turidan o‘rin olgan «Lechche» – «Milan» uchrashuvi 2:3 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda Nikola Krstovich «Lechche» uchun ikkita gol urdi (7' va 59'). Ammo «Milan» ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. 68-daqiqada Antonio Gallo avtogol kiritib, hisob qisqardi. 73-daqiqada Kristian Pulishich penaltidan aniq zarba yo‘lladi va 81-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltiradigan golni urdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi «Milan» vingeri Kristian Pulishich bo‘ldi – u 9.3 ball oldi. Nikola Krstovich esa 8.7 ball bilan «Lechche»dagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Milan» 44 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi, «Lechche» esa 25 ochko bilan 16-pog‘onada qolmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar