
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuoti xabar berdi.
20 mart
Xitoy — O‘zbekiston
23 mart
O‘zbekiston — Vetnam
25 mart
Koreya Respublikasi — O‘zbekiston
Shuningdek, U-23 terma jamoasiga nomzod futbolchilarni tayyorlash uchun Osiyo kubogida ishtirok etmagan bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, zahira nomzodlarining imkoniyatini o‘rganish hamda o‘yin amaliyoti berish maqsadida Farhod Nishonov boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi Turkiyada xalqaro o‘yinlar o‘tkazadi.
19 mart
O‘zbekiston — Moldova
22 mart
Shimoliy Irlandiya — O‘zbekiston
25 mart
Norvegiya — O‘zbekiston “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar