493
«PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Bavariya» va «Inter» ham 1/4 finalda (video)

Yevropa Chempionlar Ligasida bir qancha juftliklarda 1/8 finalning javob bahslari o‘tkazildi.
Markaziy o‘yinda «PSJ» «Enfild»da tezkor gol urib, umumiy hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda va qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida esa Donnarummaning seyvlari parijliklarga g‘alaba keltirdi.
«Bavariya» va «Inter» javob bellashuvida ham raqiblarini mag‘lub etib, chorakfinal masalasini ijobiy hal qilishdi.
"Liverpul" – PSJ 0:1 (Penaltilar seriyasi 1:4)
Dastlabki o‘yin: 1:0
Gol: Dembele 12'
Liverpul: Alisson, Robertson, van Deyk, Konate (Endo, 111), Aleksander-Arnold (Kuansa, 73), Mak Allister (Djons, 90), Gravenberx, Dias (Gakpo, 102), Soboslai (Elliot, 105), Salax, Diogu Jota (Nunes, 73).
PSJ: Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos (Beraldo, 90), Xakimi, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 90), Vitinya, Joau Nevesh (Gonsalu Ramush, 120), Kvaratsxeliya (Li Kan In, 101), Dembele, Barkolya (Due, 67).
"Bayer" – "Bavariya" 0:2
Dastlabki o‘yin: 0:3
Gol: Harri Keyn 52, Alfonso Devis 71
Bavariya: Urbig, Devis, Kim Min Chje, Upamekano, Laymer (Stanishich, 46), Kimmix, Goretska (Palinya, 84), Koman (Gnabri, 58), Musiala, Olise (Ito, 69), Keyn (Myuller, 85).
Bayer: Gradetski, Inkapie, Ermoso (Andrix, 38), Ta, Artur (Bonifase, 65), Grimaldo (Buendia, 84), Frimpong, Aleish Garsiya (Adli, 66), Djaka, Palasios, Shik.
"Inter" – "Feyenoord" 2:1
Gollar: Markus Tyuram 8, Moder 42, Hakan Chalhano‘g‘lu 51
Dastlabki o‘yin: 2:0
Inter: Zommer, Bissek, Acherbi (Kokki, 84), Pavar, Karlos Augusto (Bastoni, 61), Mxitaryan, Chalxanoglu (Aslani, 61), Frattezi (Berenbrux, 84), Dumfris, Taremi, Tyuram (Arnautovich, 71).
Feyenoord: Vellenroyter, Bueno, Gansko, Belen, Rid (Mitchell, 75), Ivanushes (Redmond, 75), Smal, Moder, Sliti (Trauner, 63), Ueda (Karransa, 63), Xadj-Mussa.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar