22:00 / 12.03.2025
128

17 yoshli Lamin Yamal katta rekordni yangiladi!

17 yoshli Lamin Yamal katta rekordni yangiladi!
“Barselona”ning 17 yoshli hujumkor futbolchisi Lamin Yamal turli rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda. Iste’dodli o‘yinchining bu galgi tarixiy natijasi Yevropa Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keldi.

Lamin Yamal UYEFA Chempionlar ligasi tarixida beshta golli pas uzatgan eng yosh futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi.

Ungacha eng yaxshi ko‘rsatkich angliyalik hujumchi Teo Uolkottga tegishli bo‘lib, u 19 yoshida Chempionlar ligasida besh bor samarali pas bergan edi.

Lamin Yamal katta futbolga kirib kelganidan keyin Chempionlar ligasida jami 19 ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga uchta gol va beshta assist rasmiylashtirgan.

Umumiy hisobda 17 yoshli charm to‘p ustasi joriy mavsumda “Barselona” safida jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 17 ta samarali to‘p uzatgani qayd etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport