
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "Manchester Siti" hujumkor futbolchisi Fil Foden faoliyatini Yevropaning boshqa grand klublarida davom ettirishi mumkin.
24 yoshli futbolchining atrofidagi vaziyatni "Real" va "Bavariya" sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Agar "Manchester Siti" rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisini qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, ispan va nemis grandlari muzokara boshlashga tayyor bo‘lib turibdi.
El Nacional nashrining yozishicha, ayni paytda angliyalik futbolchining asl narxi 120 million funt yoki 145 million yevroga baholanmoqda. Biroq, ekspertlar bu summa xaridorlarni "cho‘chitib" yuborishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Manbaga ko‘ra, "Real" tez orada tajribali yarim himoyachi Luka Modrichning o‘rnini bosadigan futbolchi topishi talab etiladi. "Bavariya" esa, oldingi chiziqqa kreativ g‘oyalarni olib kiradigan futbolchi izlamoqda. Har ikki jamoa talablariga Fil Foden to‘liq javob beradi.
O‘z navbatida, "Manchester Siti" yozda "Bayer"dan Florian Virsni sotib olishni rejalashtirmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Fodenning ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar Foden "Real" yoki "Bavariya" klublariga o‘tsa, bu Yevropa futbol bozoridagi yirik transferlardan biriga aylanadi. Futbolchining kelajagi hali noma’lum bo‘lsa-da, uning ketishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchaymoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar