
"Real Madrid" safiga yozda qo‘shilgan Kilian Mbappe jamoa tarixidagi eng yaxshi debyut mavsumini o‘tkazayotgan futbolchilardan biriga aylanmoqda. U hozirgacha 31 ta gol urdi va bu ko‘rsatkich bilan Ronaldo (2002/03) dan (30) o‘tib ketdi hamda Krishtianu Ronaldu (2009/10) va Rud van Nistelroy (2006/07) kabi afsonalar bilan bir qatorga chiqdi.
Tarixiy rekord esa Ivan Zamoranoga tegishli – u 1992/93-yilgi mavsumda 37 ta gol urgandi. Mbappe mavsum yakuniga qadar ushbu natijani yangilash imkoniyatiga ega.
Fransiyalik hujumchi ketma-ket 7 mavsumdan beri 30+ gol urmoqda va bu natija uni Fransiya futboli tarixida allaqachon mutlaq rekordchi sifatida tanitgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar