
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo ikkita gol o‘tkazib yubordik. Biroq, biz yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etdik. Biz oxirigacha kurashdik va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Jamoam va muxlislar uchun juda xursandman.
Ferran ajoyib futbolchi. Bugun zahiradan tushgan barcha futbolchilar o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi. Har bir futbolchi mashg‘ulotlarda maksimal harakat qilishmoqda. Bu biz uchun juda muhim», — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, kecha «Barselona» La Liganing 28-turida ajoyib kambekni amalga oshirdi, ya’ni «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobini 4:2 ga o‘zgartira oldi.
Manba: championat.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar