«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasi hujumchisi bu qarorni oilasi bilan yozgi ta’tildaligidayoq qabul qilib bo‘lgandi. U o‘shanda otasidan va yaqin kishilaridan biridan jamoa rahbariyatiga bu istagi haqida etkazishni so‘ragan. Messi hatto amaldagi shartnomasi yakunigacha ham «Barselona»da qolishiga ishonchi komil emas.
Ko‘k-anorranglilar jamoasi prezidenti Xosep Bartomeu bu xabardan shokka tushgan. Keyinroq u Messidan xotirjamlikni saqlashni, o‘z niyatlarida og‘irroq bo‘lishini so‘ragan. Shuningdek, Bartomeu futbolchi uchun so‘raladigan badal puli 250 million evroni tashkil qilishini eslatgan.
Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Bundan oldinroq, Lionel Messi «Barselona»dan Krishtianu Ronaldu «Real»dan topayotgan pulni, ya’ni 50 million evro maosh to‘lashni talab qilgani haqida xabarlar berilgandi.
Kataloniya klubi futbolchiga rekord darajadagi maosh taklif qilishga tayyor. Qayd etish kerak, «Barselona» yaqindagina Neymar bilan shartnomani 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgan bo‘lib, braziliyalik hujumchi uchun yiliga 25 million evro to‘lashga rozi bo‘lgandi. Ayni vaqtda jamoa urugvaylik Luis Suaresni ham yangi shartnomaga ko‘ndirish harakatiga tushib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi