11:18 / 18.03.2025
1 883

JCH-2026 saralashi. Agar BAA bilan ochkolar teng bo‘lib qolsa nima bo‘ladi?

JCH-2026 saralashi. Agar BAA bilan ochkolar teng bo‘lib qolsa nima bo‘ladi?
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlikni boshladi. Bu bosqichda yana 4 ta o‘yin qoldi. Mart oyida ikkita va iyun oyida ikkita:

- 20 mart O‘zbekiston - Qirg‘iziston.
- 25 mart Eron - O‘zbekiston.
- 5 iyun BAA - O‘zbekiston.
- 10 iyun O‘zbekiston - Qatar.

Ayni paytda guruhdagi holat mana bunday:

Ya’ni BAA bilan farqimiz 3 ochko. Agar guruh bosqichi oxirida ochkolar teng bo‘lib qolsa birinchi navbatda TO‘PLAR FARQIga qaraladi. Hozir BAAda +8, O‘zbekistonda +3. Ya’ni mabodo oxirida ochkolarimiz teng bo‘lib qolsa biz pastroqda bo‘lamiz. Shunday ekan avvalo BAAdan ko‘proq ochko jamg‘arishimiz zarur, agar ochkolarimiz teng bo‘lib qolsa ham raqiblarni yirikroq hisobda yutishimiz kerak.

Yana bir holat. Tasavvur qilamiz, 20 mart kuni O‘zbekiston ham, Eron ham o‘z o‘yinlarini g‘alaba bilan tugatishdi. Shunda 25 mart kungi o‘zaro bahsdagi durang natija Eronni muddatdan avval Jahon chempionatiga olib chiqadi. Tehrondagi ehtimoliy bu durang esa O‘zbekiston uchun ham juda muhim bo‘ladi. Ya’ni bunday holatda oxirgi ikkita bahsdan oldin BAA bilan farqimiz 4 ochkoni tashkil etadi.

Sizningcha O‘zbekiston bo‘lajak 4 ta o‘yindan necha ochko oladi?

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport