12:59 / 20.03.2025
642

Eldor Shomurodov: "Roma"dan ketishga yaqin edim, ammo hozir barchasi yaxshi bo‘lib ketdi"

Eldor Shomurodov: "Roma"dan ketishga yaqin edim, ammo hozir barchasi yaxshi bo‘lib ketdi"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 90minutuz podkasti mehmoni bo‘ldi.
- Yozda siz bilan Fransiyada Olimpiadadan oldin gaplashganimizda "Roma"dagi faoliyatingiz so‘roq ostida edi. Hozir esa "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida gaplashyapmiz...

- Futbol shunisi bilan qiziqda. Yozda kelajagim haqida o‘zim ham hech narsani bilmasdim. Boshqa klubga o‘tishim mumkin edi. Qishda ham murabbiylar almashinuvi bo‘lganidan keyin boshqa klubga o‘tishimga bir qadam qolgandi. Oxiri baribir "Roma"da qoldim va oy o‘yinchisi deb topildim. Barchasi yaxshi tomonga o‘zgardi. Futbolchilar faqat mashg‘ulot qilish va o‘yinni o‘ylash kerak, kelajak qanday bo‘lishi esa Allohdan.

- Murabbiyning o‘rni qanchalik? Aynan Ranerining o‘rni?
- Albatta, murabbiyning o‘rni muhim. Chunki murabbiy futbolchi bilan ko‘proq suhbat qilsa yoki yaxshiroq bilsa, o‘yinchiga anchagina yengilroq bo‘lmoqda. Raneri bilan o‘tgan yil ham birga ishlaganman, shu sabab menga uni tushinish osonroq. Raneri hech qachon futbolchiga ortiqcha bosim qilmaydi, yurakdan futbol o‘ynanglar deydi. Taktik va texnik muammolar hammada bo‘ladi, hatto men ham xato qilaman deydi. Futbolchilardan maydonda borini berishini xohlaydi.

- Dovbik jarohat olganidan keyin Raneri sizga ishondi va siz o‘z imkoniyatingizdan to‘laqonli foydalana oldingiz. Shu sababli hozir asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldingiz. Shu fikrga qanday qaraysiz?
- Ruhiy tomonlama ham o‘zimda o‘zgarish his qildim. Baribir odam 30ga yaqinlashganida aqlliroq bo‘la boshlaydi. 3 yil oldin futbol haqida, tayyorgarlik haqidagi fikrlarim boshqacha edi. Ko‘p zahirada o‘tirsam ham ko‘p narsani o‘rganib oldim. Zahiradan maydonga qanaqa kayfiyatda tushishim kerakligini bilib oldim. Futbolchi bilan jismoniy holatdan ko‘ra ruhiy holati muhimroq. Chunki ruhan tayyor bo‘lsangiz, jismonan tayyor bo‘lmasangiz ham o‘yinda yaxshi harakat qila olasiz.

Yozda "Roma"dan ketish ehtimolim katta bo‘lgani uchun hattoki klubdan alohida shug‘ullangan paytlarim ham bo‘ldi. Alohida shug‘ullangan mashg‘ulotlarda ketsam ham, qolsam ham vijdonim toza bo‘lishi uchun borimni berib harakat qilardim. Buni o‘sha paytdagi murabbiy De Rossi ko‘rib turardi va oxirida jamoada olib qolishga qaror qilgandi.

Podkastni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin:


Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport