
Sport portali ekspertlari dunyodagi eng yaxshi hujumchilar reytingini tuzdi. Ushbu reytingni shakllantirishda bir qator mezonlar hisobga olindi: futbolchilarning gollari, uzatmalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlari, jamoa uchun ahamiyati va individual fazilatlari.
Eng yaxshi hujumchilar reytingi
1. Kilian Mbappe (“Real”) – Fransiyalik hujumchi o‘zining tezligi, driblingi va gol urish mahorati bilan reytingning birinchi pog‘onasini egalladi.
2. Robert Levandovskiy – Polsha terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi tajribasi va goldorlik mahorati bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
3. Xarri Keyn – “Bavariya” hujumchisi kuchli to‘purar sifatida uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
4. Erling Xoland – “Manchester Siti” hujumchisi o‘zining yosh va kuchli hujumkorligi bilan to‘rtinchi o‘rinni band qildi.
5. Aleksandr Isak – “Nyukasl” hujumchisi esa beshinchi o‘rinda qayd etildi.
Qolgan o‘rinlarda quyidagi futbolchilar joy olgan:
- Viktor Giokeres
- Lautaro Martines
- Julian Alvares
- Omar Marmos
- Viktor Osimhen
- Olli Uotkins
- Viktor Bonifas
- Krishtianu Ronaldu
- Markus Tyuram
- Antuan Grizmann
Jami 15 nafar hujumchi kiritilgan ushbu reytingda jahon futbolida eng yaxshi hujumkorlar qayd etildi. Mazkur ro‘yxat futbolchilarning bu mavsumdagi samaradorligi va jamoalari uchun ahamiyatini hisobga olgan holda tuzilgan.
Futbol muxlislari uchun qiziqarli bo‘lgan ushbu reyting bo‘yicha bahs va fikrlar turlicha bo‘lishi mumkin, ammo aynan shu futbolchilar jahon futbolida yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar