
RPL, MFL va Italiyaning bir qancha klublari qirg‘izistonlik darvozabon Erjan Tokotayevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Aladop.kz xabar berdi.
Erjan Tokotayev va uning terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 7-turida O‘zbekistonga qarshi bahs olib bordi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda qirg‘izistonlik darvozabon bir nechta seyvlarni amalga oshirdi va Eldor Shomurodov tepgan penaltini qaytargan edi. Umuman olganda, Tokotayev bahsning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan edi.
25 yoshli futbolchi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi safida 33 o‘yinda maydonga tushgan. Transfer narxi – 300 ming yevro. U ayni paytda Turkiya birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Shanliurfaspor" klubida o‘ynaydi.
Qirg‘iz RespublikasiErjan TokotayevToshkent ShahriFutbol O'yinlariTransfer NarxiShanliurfaspor Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar