06:48 / 24.03.2025
3 835

Krishtianu Ronaldu jurnalistni hurmatsizlikda aybladi

Krishtianu Ronaldu jurnalistni hurmatsizlikda aybladi
Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Daniyaga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalist bilan tortishib qoldi.

Matbuot anjumani chog‘ida muxbir Portugaliya terma jamoasiga va uning bosh murabbiyi Roberto Martinesga qaratilgan tanqidlar haqida savol berdi. Bu savolga javoban Ronaldu OAV terma jamoa atrofida haddan tashqari ko‘p negativ muhit yaratayotganini ta’kidladi.

"Hurmatsizlikdan qoching"

Jurnalistning savoliga javoban, 40 yoshli futbolchi shunday dedi: "Ba’zi savollaringiz shunchaki hurmatsizlik. Agar mendan javob olishni istasangiz, savol berganingizda ko‘zimga qarang".

Ronaldu shuningdek, jurnalistdan javoblari vaqtida kompyuterga qaramaslikni talab qildi. Agar kerak bo‘lsa, buni o‘n marta takrorlashga tayyor ekanini ham qo‘shimcha qildi.

Portugaliya Daniyaga qarshi revansh uchun maydonga tushdi

Millatlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda Daniya Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Portugaliya jamoasi bu o‘yinda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Gollardan birini o‘yinning 72-daqiqasida Krishtianu Ronaldu kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport