
Yevropa Millatlar ligasining chorak final javob o‘yinlari dramatik tarzda yakunlandi. G‘oliblar to‘rt o‘yinning uchtasida qo‘shimcha bo‘limlarda, ikkitasida penaltilar seriyasidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Germaniyaga qarshi o‘yinda 0:3 hisobini yo‘qqa chiqargan Italiya uyidagi mag‘lubiyat sabab turnir bilan xayrlashdi. Fransiya Xorvatiyani, Ispaniya Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Daniyaga qarshi uchrashuvda asosiy vaqtda hisobni tenglashtirgan Portugaliya qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba gollarini kiritdi.
Shu tariqa yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi:
1. Germaniya — Portugaliya
2. Ispaniya — Fransiya
Yarim final bahslari 4-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa 8 iyunga belgilangan. Turnirning yarim final va final uchrashuvlari Germaniyada bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar