
Eron terma jamoasining 2 nafar futbolchisi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda forslarga yordam bera olmaydi.
Himoyachi Ruzbeh Cheshmi JCH 3-saralash bosqichi uchrashuvini jarohati tufayli o‘tkazib yuborsa, yarim himoyachi Muhammad Mohebi (suratda) diskvalifikatsiya tufayli bahsda ishtirok etmaydi.

Avvalroq Eron terma jamoasi ustozi Amir G‘alenoi va hujumchi Alirizo Jahonbaxsh o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Eron hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘qnashuv ertaga "Ozodi" stadionida tashkil etiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar