
Krishtianu Ronaldu Daniya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinida daniyaliklarni mag‘lub etdi (5:2, birinchi o‘yin – 0:1) va turnirning keyingi bosqichiga chiqdi. Birinchi taymda Ronaldu penalti ishladi, lekin uni golga aylantira olmadi.
"Hatto penaltidan foydalana olmaganimdan keyin ham keyingi bosqichga chiqishimizni his qildim. Faqat gol urishga harakat qilganlargina xato qiladi. Ajoyib tun bo‘ldi, Portugaliya juda yaxshi o‘ynadi, Daniya darvozasiga beshta gol urish oson emas.
Hammamiz tabriklarga loyiqmiz: o‘yinchilar, stadionda bo‘lganlar, barcha portugaliyaliklar. Biz hammamiz bir qayiqdamiz, va yarim finalga chiqish juda muhim edi", – dedi Portugaliya terma jamoasi va "Al-Nasr" klubining hujumchisi NOW nashriga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar