
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining 8-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda BAA KXDR bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida muvaffaqiyatga erishgan holda, JCHga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Lima hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Yu-Song Kim hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 90+8-daqiqasida Sulton gol kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Bu orqali Birlashgan Arab Amirliklar JCHga chiqish uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi. Agarda bugun KXDR zafar quchganda, biz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lar edik.
Ma’lumot o‘rnida, BAA navbatdagi uchrashuvini 5 iyun kuni Milliy terma jamoamizga qarshi maydonga tushadi.
KXDR — BAA 1:2
Gollar: Kim Yu Song (43) — Fabio Lima (5), Sulton Odil (90+8).
KXDR: Kang Ju Xyok, Rim Kum Chol, Jong Xvi Nam, Ri Il Song, Pak Kvang Xun, Choy Ryong Il, Ra Myong Song, Kim Yu Song, Kang Kuk Chol, Kim Song Xye, Pak Chung Song.
Zaxira: Kim Jin Xyok, Jang Kuk Chol, Kye Tam, Kim Kuk Jin, Choy Kuk, Ryang Kvang Myong, Xong Kil Ryong, Yu Kvang Jun, Xan Chung Guk, Jong Kum Song.
BAA: Xolid Yeysa, Lukas Pimenta, Kuma Kuadio, Markus Vinisius, Abdalla Ramadan Bexeyet, Xarib Abdalla Almusharrx, Fabio De Lima, Kaio Fernandes, Yahyo Nodir, Jonatan Santos, Luan Pereyra.
Zaxira: Ali Xasif Alxusani, Issam Fayz, Bruno De Oliveyra, Taxnun Xamdan, Kayo Kanedo Korrea, Xalifa Mubarak Alxammadi, Muhammad Omar Alattas, Makkenzi Jeyms Xant, Xolid Ibrahim Aldxanxani, Yahyo Ali Algassani, Hamad Abdulla Almeqbaali, Sulton Odil Alamiri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar