07:29 / 26.03.2025
3 133

JCH-2026 saralashi. Argentina Braziliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

JCH-2026 saralashi. Argentina Braziliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Jahon chempionati saralashining 14-turida Argentina o‘z maydonida Braziliyani qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Alvares hisobni ochgan bo‘lsa, Farnandes farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Kunya javob qaytardi. 37-daqiqada Makalister ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirdi. 71-daqiqada esa Simone o‘yinga nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Skaloni shogirdlari 31 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi va jamoa Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Braziliya esa 4-pog‘onada.

JCH-2026 saralash

Argentina — Braziliya 4:1
Gollar
: Xulian Alvares, Enso Fernandes, Aleksis Mak Allister, Juliano Simeone — Mateus Kunya

Eslatib o‘tamiz, Argentina ushbu uchrashuvga qadar JCH yo‘llanmasini hal qilgandi. Braziliya hisobida esa 23 ta ochko bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport