05:30 / 27.03.2025
476

PSJ xo‘jayinlari Ispaniyaning "Malaga" klubini sotib olishga yaqin...

PSJ xo‘jayinlari Ispaniyaning "Malaga" klubini sotib olishga yaqin...
Qatar Sports Investments tashkiloti ispan klubini sotib olish bo‘yicha muzokaralarning rivojlangan bosqichida turibdi. Bitim 100 mln yevroga baholanmoqda va barcha tomonlar uning tuzilishiga ishonch bildirmoqda.

Hozirda BlueBay mehmonxona operatori va qatarlik shayx Abdulla Al-Tani egalik qilayotgan klub og‘ir moliyaviy ahvol tufayli sud tomonidan tayinlangan menejer boshqaruvida.

Qatar Sports Investments Belgiya klublaridan birining vakillari bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

"QSI Yevropa va Amerikadagi bir qator sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganmoqda," - deyiladi tashkilotda so‘roviga javoban.

Manba: lequipe.fr
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport