21:18 / 27.03.2025
12 597

Miodrag Radulovich: "O‘zbekistonning Jahon chempionatiga borishiga shubham yo‘q, bu mamlakat mundialga haqli"

Miodrag Radulovich: "O‘zbekistonning Jahon chempionatiga borishiga shubham yo‘q, bu mamlakat mundialga haqli"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining navbatdagi turida Tehronda Eron bilan kuch sinashdi. Darvozalarga shu kuni 4 ta gol urilgan o‘yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Bu bilan vakillarimiz BAA va Qatar bilan o‘yin oldidan juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovga bu borada o‘zining fikrlarini bildirdi.

"O‘zbekiston Jahon chempionati saralash bosqichida ajoyib va barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Faqatgina Qatarga qarshi o‘z darajasida to‘p tepmadi. Ayniqsa Eron bilan jamoa juda yaxshi holatda ekanligi ko‘rindi. Taktik va pozitson jihatdan chakki ko‘ringani yo‘q. Ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi. O‘sha vaziyatda ular mundial ostonasida turgan edi.

Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodovni jamoaning haqiqiy yetakchilari deya olaman. O‘tkir Yusupov esa qalqon. O‘zbekiston BAA va Qatarga qarshi ikki o‘yinda kerakli natijani qo‘lga kiritishi va mundialga yo‘llanma olishiga shubham yo‘q, chunki o‘zbek futboli bunga loyiq. U yerda futbolni yaxshi tushunadigan muxlislar, rahbarlar bor. Men esa O‘zbekistonda ishlaganman va bu mamlakat futbolini doim qadrlayman. Qolaversa, ko‘plab do‘stlarim bor. Katta muvaffaqiyatni intiqlik bilan kutaman", - deydi Radulovich.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport