
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqsa ham, buning uchun bonus pullari olishga loyiq emasligini ma’lum qildi.
125 million dollarlik mukofot, ammo bonussiz mavsum
Ma’lumki, shu yilning iyun-iyul oylarida AQSHda bo‘lib o‘tadigan musobaqa g‘olibi rasman 125 million dollar mukofot puli ishlab olishi aniqlangan. Biroq Gvardiolaning fikricha, bu mavsum jamoa bonuslar olish uchun yetarli darajada o‘ynamagan.
"Biz bu mavsum hech qanday bonuslarga loyiq emasmiz. Agarda g‘olib chiqsak ham, bu klubning foydasiga xizmat qilishi mumkin. Biroq murabbiylar, futbolchilar va personallar ortiqcha bonuslarga loyiq emas", – dedi Gvardiola.
"Siti"ning og‘ir mavsumi
Gvardiolaning bunday bayonoti "Manchester Siti"ning bu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yiniga nisbatan tanqidiy yondashuvidan dalolat beradi. Angliya Premer-ligasida raqobat kuchaygani, "Arsenal" va "Liverpul" kabi klublar chempionlik uchun jiddiy harakat qilayotgani sababli, "Siti"ning mavqei avvalgi mavsumlardan farq qilmoqda.
Shu bilan birga, jamoa Chempionlar ligasida o‘z maqomini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Gvardiolaning bayonoti jamoa ichidagi ruhiyat va intizomni yuqori darajada saqlashga qaratilgan harakat sifatida baholanmoqda.
Endi futbol olami Gvardiola va uning shogirdlari Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qanday natija qayd etishini kuzatishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar