
“Manchester Siti” mavsumning eng muhim pallasini o‘tkazmoqda. Xosep Gvardiola shogirdlari yozgi tanaffusgacha Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi va Angliya kubogida g‘olib chiqishi lozim.
Angliya kubogining chorak finalida “Bornmut”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv “shaharliklar”ga qimmatga tushdi.
Garchi manchesterliklar mag‘lubiyatdan qutilib qolgan va keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa-da, raqib maydonidagi to‘qnashuvda Erling Xoland jiddiy jarohat oldi.

Norvegiyalik to‘purar ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan to‘p kiritgandi. Biroq 61-daqiqada shikastlandi va o‘rnini Umar Marmushga bo‘shatib berdi. Bir necha manbalar Xoland stadionni qo‘ltiqtayoqda va oyog‘iga maxsus shina qo‘yilgan holatda tark etayotgan foto va video tasvirlarni tarqatmoqda.
Endi Xoland chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng jarohat darajasi va davolanish muddati aniq bo‘ladi. Ayrim mutaxassislar to‘purar uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlayapti.
24 yoshli hujumchi joriy mavsum 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 30 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar