20:31 / 01.04.2025
2 960

Gvardiola Erling Xolandning qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berdi

Gvardiola Erling Xolandning qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Erling Xolandning jarohatidan qachon tuzalishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Norvegiyalik hujumchi Angliya Kubogi 1/4 final bosqichida "Bornmut"ga qarshi o‘yinda (2:1) chap to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Uning jarohati jiddiy ekani va 5-7 hafta davomida safdan chiqishi kutilmoqda.

Gvardiola Xolandning sog‘ayish jarayoni haqida shunday dedi:

"Joriy mavsumda yuz bergan barcha jarohatlarni hisobga olsak, futbolchilarimiz va Erling uchun juda afsusdaman. U tezroq sog‘ayib, jamoaga yordam berishini tilayman. Shifokorlar menga besh haftadan yetti haftagacha vaqt kerak bo‘lishini aytdi. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha va klublar jahon chempionatiga qadar u tarkibga qaytadi."

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning 15 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar Jahon Chempionatiga qadar tuzalishi kutilmoqda. Agar u shifokorlar prognoz qilgan muddatda tiklansa, mavsumning hal qiluvchi bosqichlarida "Manchester Siti"ga katta yordam bera olishi mumkin.

"Shaharliklar" muxlislari esa Xolandning tezroq safga qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport