
Ispaniya La Ligasining 30-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" "Real Betis" bilan bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Pablo Gavi hisobni ochishga muvaffaq bo‘lsa, 19-daqiqada Natan hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, «Barsa» ochkolari sonini 67 taga yetkazib, peshqadamligini davom ettirmoqda. «Betis» esa 48 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 30-tur
Barselona – Betis 1:1
Gollar: Gavi 7 – Natan 17
Barselona — Shesni, Kunde, Kubarsi, Arauxo, Balde (Martin, 75), Pedri (Lopes, 75), De Yong (Garsiya, 57, Gavi, Torres (Rafinya, 57), Yamal, Levandovski.
Betis — Adrian, Ruibal, Bartra, Natan, Perraud, Kardoso (Lorente, 79), Altimira (Avilla, 46), Antoni (Rodriges, 75), Lo Chelso, Fornals, Kucho (Bakambu, 75).
Ogohlantirishlar: Natan 14, Garsiya 77, Kunde 87.
Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" 9 apreldan 10 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da "Borussiya Dortmund" bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar