date 09:25 / 06.04.2025
views 8 376

Mamardashvili: “Vinisius bilan penaltiga €50 ga shartlashgandik... Hali bermadi”

Mamardashvili: “Vinisius bilan penaltiga €50 ga shartlashgandik... Hali bermadi”
«Valensiya» klubi darvozaboni Georgiy Mamardashvili «Real Madrid»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng penalti vaziyati haqida hazilomuz tarzda fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan o‘yin oldidan sho‘xlik ila €50 ga shart tikishgan.

«Men Vinisiusga aytdim: “Bu penaltini to‘xtataman, €50 tikyapman”. Bu shunchaki hazil edi. Lekin penaltini to‘xtatdim... Ammo u hali hamon pulni bermadi», — deya kulib aytdi Mamardashvili "El Chiringuito" telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 30-turidan o‘rin olgan «Valensiya» – «Real Madrid» uchrashuvining 13-daqiqasida Vinisius Junior penalti ijro etdi, ammo Mamardashvili uni muvaffaqiyatli qaytardi. Ushbu epizod uchrashuvning eng yorqin voqealaridan biriga aylandi.

Darvozabonning hazil aralash bayonoti muxlislar va futbol olamida ijobiy qabul qilindi. Penaltini qaytarish orqali Mamardashvili nafaqat jamoasini xatardan qutqardi, balki futbolga yana bir kulguli lavhalardan birini qo‘shdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport