date 11:26 / 06.04.2025
views 22 802

U-17 Osiyo kubogi: O‘smirlarimiz bugun Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilishi mumkin!

U-17 Osiyo kubogi: O‘smirlarimiz bugun Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilishi mumkin!
Futbol muxlislari uchun yana bir sinovli va hayajonli kun! Saudiya Arabistonida davom etayotgan U-17 Osiyo kubogi doirasida bugun O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi juda muhim bahsga chiqadi. Raqib — Xitoy terma jamoasi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.

Bu bahs shunchaki 3 ochko uchun kurash emas — bu o‘smirlarimiz uchun jahon futboli sahnasiga chiqish yo‘llanmasi! Agar shogirdlarimiz Xitoy ustidan g‘alaba qozonishsa va shu bilan birga Saudiya Arabistoni Tailandga yutqazib qo‘ymasa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini allaqachon uchinchi tur bo‘lmasidan hal qilgan bo‘ladi.

Birinchi turda ko‘rsatilgan ishonchli o‘yin, jamoaning jangovor kayfiyati va katta maqsad sari intilish – bularning barchasi muxlislarga umid bag‘ishlamoqda. Yosh futbolchilarimiz nafaqat texnik jihatdan, balki psixologik jihatdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatishmoqda.

Xitoy o‘smirlar termasi shunchaki raqib emas. Ular ham katta ambitsiyalar bilan turnirga kelgan. Biroq bugungi o‘yinda faqat bitta jamoa g‘alaba uchun jon kuydiradi — bu, albatta, bizning o‘smirlarimiz!

Aziz futbol ishqibozlari! Bu kecha terma jamoamizga qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Efir oldida bo‘lasizmi, ijtimoiy tarmoqdami — farqi yo‘q. Bizning yosh yulduzlarimizning orqasida butun mamlakat turibdi! Ular biz uchun kurashmoqda, biz esa ular uchun duo va ishonch bilan turishimiz kerak.

O‘zbekiston – olg‘a! Jahon chempionati bizga bir qadam qoldi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport