“Bu hayotimdagi eng katta xato” — Alvaro Morataning rafiqasi yurakni ezuvchi iqror bilan chiqdi

Futbol dunyosidagi eng go‘zal juftliklardan biri — Alvaro Morata va Aliche Kampello o‘rtasidagi munosabatlar muxlislar uchun har doim qiziq bo‘lgan. Ular 7 yillik turmushdan so‘ng 2024 yil avgustida ajrashishga qaror qilganida, ko‘pchilik buni tushuna olmagandi. Ammo qismatning o‘z rejasi bor ekan — 2025 yil yanvar oyida juftlik yana birga ekani aniq bo‘ldi.
“Qanday qilib bu qarorni qabul qilganimizni hali ham tushuna olmaymiz...”
Aliche Kampello Verissimo nashriga bergan intervyusida so‘zlarini hech ikkilanmasdan shunday boshladi:
“Bu hayotimizda yo‘l qo‘ygan eng katta xatomiz bo‘lgan. Qanday qilib bu qarorni qabul qilganimizga hali ham tushuna olmaymiz. Ushbu tajriba ikkimiz uchun ham katta dars bo‘ldi, chunki bir-birimizsiz yashash qanday ekanini angladik.”
Murakkab palla, zaiflik va kechikib kelgan anglash
Mashhur model, taniqli biznesvumen va ko‘p bolali ona bo‘lgan Aliche o‘zining ruhiy holati haqida ham ochiqcha gapirdi:
“Depressiyaga tushib qolish, zaiflashib qolish — bu hayotda har qanday inson boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan holatlar. [Qizim tug‘ilgandan keyinggi depressiya] meni butunlay o‘zgartirib yubordi. Aslida ko‘pdan beri o‘zimni yomon his qilardim, ammo bunga sababni anglay olmasdim.”
“Otam xafa bo‘lgandi, u bizning oilamizga ishonardi”
Aliche o‘z oilasi, ayniqsa otasining hissiyotlari haqida gapirganda, tomoshabinlar yuragi shuv etishi turgan gap:
“Men otam bilan juda yaqinman. U xafa bo‘lgandi. Bir-birini shunchalik yaxshi ko‘rgan ikki inson go‘zal oilasini qanday qilib yo‘q qilishi mumkin? U tushuna olmagan. Oilamdan minnatdorman — ular menga to‘g‘ri qadriyatlarni o‘rgatishdi.”
Muxabbatga qaytish: Moratalar yana birga!
Yana bir bor tasdiqlandiki, haqiqiy muhabbat vaqt sinovidan o‘ta oladi. Alvaro Morata va Aliche Kampello to‘rt nafar farzandi bilan bir oila sifatida hayot sahifasini yangi sahifadan boshlashmoqda.
Muhimi, bir-birini tanigan, tushungan va kechira olgan yuraklar oxir-oqibat yana birga bo‘lishi mumkin! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar