date
views 3 474

Anchelotti “Real”ning sharmandali mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Anchelotti “Real”ning sharmandali mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?
Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali birinchi uchrashuvida musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real” Londonda “Arsenal”dan yirik hisobda yengildi.

Deklan Raysning jarima zarbalaridan ikkita va Mikel Merinoning bitta aniq zarbasi “kanonirlar”ga 3:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyat sabablarini ochib berdi.

- Bir soat davomida jamoamda hammasi joyida edi. Keyin esa, ikki marta o‘yin qoidasini buzganimiz badalini to‘ladik. Jarima zarbalaridan keyin ikkita gol o‘tkazdik.

O‘yinning qolgan qismida ishtiyoqimiz so‘nib qoldi. Bu og‘ir mag‘lubiyat. Ayniqsa, bellashuvning ikkinchi yarmida hech narsa qila olmadik.

Futbol o‘ynay olmay qoldik. Jamoa ruhan sindi va vaziyatga javob qaytara olmadi. Gollargacha harakatlarimizda intensivlik bor edi, - dedi Karlo Anchelotti.

Bu juftlikning javob o‘yini 16 aprel kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport