date
views 214

“Qaymoqrangli kambek” boshlanadimi? Mbappe va jamoadoshlari ishonyapti!

“Qaymoqrangli kambek” boshlanadimi? Mbappe va jamoadoshlari ishonyapti!
Londondagi “Emirats”da kechgan kecha "Real Madrid" uchun ko‘ngilsiz tarzda yakun topdi. Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichining birinchi uchrashuvida Karlo Anchelotti shogirdlari “Arsenal”dan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo jamoa lagerini tashvish emas, ishonch kamrab olgan.

Mbappe: “Ha, albatta!”
Uchinchi goldan keyin ko‘p muxlislar “Real” endi qaytib kela olmaydi, degan xayolga bordi. Ammo hammasini o‘yinchilarning so‘zlari inkor etdi. Eng birinchi bo‘lib Kilian Mbappega "Real kambek qiladimi?" degan savol berildi.

Fransuz yulduzi shunday deb javob berdi: “Ha, albatta!”

Bu so‘zlar shunchaki javob emas — “Bernabeu”dagi to‘lqinlanishning ilk signalidir.

Vinisius, Rodrigo va Valverde — bir ovozda!
Kambek so‘zini eshitgan Vinisius Junior ham o‘ylamay turib:

“Ha, qila olamiz,” — deb javob qaytardi.

Braziliyalik Rodrigo va urugvaylik “motor” Valverde esa bosh irg‘atib, bir ovozda “Ha” deya ishonch bildirdi. Bunaqasi “Real” ixlosmandlarini quvontirmay qolmaydi.

16 APRЕL – TAQDIR KЕCHASI
“Santyago Bernabeu”dagi javob uchrashuvi haqiqiy dramani va’da qilmoqda. Tribunalardagi yurakdan kelgan qo‘llab-quvvatlov, tarixiy ruh va futbolchidagi ishonch — “Real” uchun imkon darvozalarini ochiq qoldiradi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” tarixida ham shunday kambeklar kam bo‘lmagan. Yana bir mo‘jizaga tayyor turing!

16 aprel. Bernabeu. Vaqt keldi. So‘nggi qon tomchisigacha kurash bor.
⚪ Chunki bu – “Real”!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qaymoqrangli kambek” boshlanadimi? Mbappe va jamoadoshlari ishonyapti!