
UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida “Barselona” jamoasi “Borussiya Dortmund” ustidan 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bellashuv “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tdi va qo‘shib berilgan 3 daqiqa bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi hisobni 25-daqiqada Rafin’ya ochdi. Ikkinchi bo‘limda Robert Levandovski 48 va 66-daqiqalarda dubl qayd etdi. Yana bir golni esa 77-daqiqada Lamin Yamal urdi.
Statistikaga ko‘ra, Barselona 18 marta zarba berdi, ulardan 10 tasi aniq bo‘ldi. Ular to‘pga 62% egalik qildi, 541 pas amalga oshirdi va pas aniqligi 88% bo‘ldi. Faqat 4 ta faul bo‘lgan, hech qanday kartochka ko‘rsatilmagan.
Borussiya 13 zarba berdi (3 aniq), 38% to‘p nazorati, 334 pas va 83% aniqlik ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Jamoa 12 marta qoida buzdi va 2 ta sariq kartochka oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!