Levandovski “Barcelona – Borussia” o‘yinining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Levandovski “Barcelona – Borussia” o‘yinining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
“Barselona” Chempionlar ligasi yarim finaliga yanada yaqinlashdi. Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa o‘z maydonida “Borussiya Dortmund”ni 4:0 hisobida yanchdi. Gollar Rafin’ya, Lamine Yamal va dubl muallifi Robert Levandovski tomonidan kiritildi.

O‘yindan so‘ng eng yaxshi futbolchi sovrinini aynan Levandovski qo‘lga kiritdi — u sobiq klubiga qarshi ikkita gol urdi.

Javob o‘yini 15 aprel kuni Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Futbolda ajoyib qaytishlar bo‘ladi, lekin bu safar intriganing qaytishi amrimaholdek ko‘rinadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar