
O‘zbekiston boksi tarixida o‘chmas iz qoldirgan Bahodir Jalolov xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Amerikaning mashhur Boxing Scene sayti tomonidan e’lon qilingan 2030 yil uchun ehtimoliy og‘ir vazn reytingida yurtdoshimiz ikkinchi o‘rindan joy oldi!
Boks olamida kelajakning yulduzlari aniqlandi
Aniqlash kerakki, mazkur ro‘yxat real imkoniyatlar va bokschilarning o‘sish sur’ati asosida tuzilgan. Tahlilchilar yoshi katta, chempionlikka da’vogar bokschilarni ro‘yxatga kiritmagan — chunki 2030 yilgacha ularning shaklda qolishi shubhali. Shu bois ro‘yxatga faqat yosh va faol professionallar kiritildi.
Jalolov nega ikkinchi?
Bahodir Jalolovning rekordi — 15 ta jang, 14 ta nokaut! Bu uning kuch va tajribani muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirayotganini ko‘rsatadi. 2030 yilga kelib u 35 yoshga to‘ladi, ya’ni og‘ir vazn bokschilari uchun eng kuchli, yetuk davr. Demak, unda chempionlik yo‘lida barcha imkoniyat bor!
TOP-10 reyting (2030 yil uchun):
1. Mozes Itauma (20-0, 10 KO) – 25 yosh
2. Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) – 35 yosh
3. Daniyel Dyubua (22-2, 21 KO) – 32 yosh
4. Richard Torres (13-0, 11 KO) – 30 yosh
5. Dayner Pero (10-0, 8 KO) – 30 yosh
6. Fabio Uordli (18-0, 17 KO) – 35 yosh
7. Jay Opetaia (27-0, 21 KO) – 34 yosh
8. Agit Kabayel (26-0, 18 KO) – 37 yosh
9. Jastis Xani (12-0, 7 KO) – 31 yosh
10. Filip Xrgovich (18-1, 14 KO) – 37 yosh
Jalolovning so‘nggi jangidan so‘nggi so‘z
Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiyni hakamlar qarori bilan mag‘lub etib, faoliyatidagi navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu uning formasi va jismoniy holati yuqori darajada ekanini yana bir bor isbotladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar