
Madridning mashhur “Real” klubi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng angliyalik mashhur qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa “Liverpul” bilan yangi shartnoma tuzish ehtimolini yo‘qqa chiqardi.
Shu tariqa “Real” angliyalik top-o‘yinchilarni o‘z safiga jalb qilishda to‘xtab qolmoqchi emas, shekilli.
Oldinga chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi” yozgi transfer oynasida “Liverpul”dan yana ikki futbolchini olib ketish niyatida. Bu safar madridliklarni himoyachi Ibrohim Konate va yarim himoyachi Aleksis Mak Allister qiziqtirmoqda.
Ibrohim Konatening amaldagi shartnomasi yana 18 oydan so‘ng yakunlanadi. Ammo yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar hali kutilgan natija bermayapti. Bu vaziyat nafaqat “Real”, balki PSJ kabi top jamoalarning ham diqqatini torta boshladi.
Yarim himoyachi Aleksis Mak Allisterning Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi haqida esa avval ham turli mish-mishlar tarqalgandi. Bu borada futbolchining otasi Karlos Mak Allister quyidagicha fikr bildirdi:
– Hozircha o‘g‘limning “Liverpul”ni tark etish niyati yo‘q, deb o‘ylayman. Lekin bu futbol – hammasini vaqt ko‘rsatadi. Aleksis bu yerda o‘zini baxtli his qilyapti. U hozirda Manchesterda yashaydi, qo‘shnisi – Robertson, Gomez, sal nariroqda Lisandro Martines turishadi. U ingliz tilini yaxshi biladi, jamoa va murabbiylar bilan yaxshi til topishgan. Shu omillar uning moslashuviga katta yordam berdi.
Muxlislar e’tiboriga: “Real”ning “Liverpul”ga bo‘lgan qiziqishi hali ancha vaqt davom etishi mumkin. Siz nima deb o‘ylaysiz: Mak Allister va Konate ham Trentning yo‘lidan boradimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar