date
views 1 716

Lamin Yamal "Borussiya D"ga qarshi bahsda nega eng past ball oldi?

Lamin Yamal "Borussiya D"ga qarshi bahsda nega eng past ball oldi?
Kecha Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali javob bahslari doirasida "Borussiya Dortmund" va "Barselona" jamoalari to‘qnash keldi. Nemislar o‘z maydonida 3:1 hisobida zafar quchishdi. Biroq birinchi o‘yindagi 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyat ular uchun baribir hal qiluvchi bo‘ldi — yarim finalga kataloniyaliklar yo‘l oldi.

Ushbu uchrashuvda "Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo bu safar uning o‘yini omadli kechmadi. U 70-daqiqada almashtirildi va WhoScored portali tomonidan 6,1 ball bilan baholandi — bu uning joriy mavsumdagi eng past ko‘rsatkichi.

E’tiborlisi, Yamal bu mavsumda barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli pas yo‘lladi. Shuncha yaxshi statistikaga qaramay, yosh futbolchi muhim o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmadi. Biroq bu faqatgina bir kecha, uning oldida yana ko‘plab imkoniyatlar bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal "Borussiya D"ga qarshi bahsda nega eng past ball oldi?