date
views 17 756

Hasanboy o‘rniga ukasi? Xabarovskda qiziq holat

Hasanboy o‘rniga ukasi? Xabarovskda qiziq holat
Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha xotira turnirida Hasanboy Do‘smatov va uning ukasi Faryozbek Do‘smatov o‘zaro to‘qnashishi kerak edi.

54 kg vazn toifasidagi ushbu to‘qnashuv juda ham kutilgan janglardan biri bo‘lgan. Ammo tashkilotchilar ma’lum qilishicha, ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy jangdan bosh tortgan. Shu bois, g‘alaba texnik yo‘l bilan Faryozbekka berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu toifada Qozog‘iston sharafini 2020 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi Saken Bibosinov himoya qilmoqda. U ham o‘zbekistonlik bokschilar uchun jiddiy raqib hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy o‘rniga ukasi? Xabarovskda qiziq holat