date
views 524

O‘zbekiston xokkeyda Eronni maydondan supurdi! 20:0

O‘zbekiston xokkeyda Eronni maydondan supurdi! 20:0
Armanistonda o‘tayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati (IV divizion) bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi matchini o‘tkazdi.

Bugungi raqib Eron bo‘ldi. Yigitlarimiz maydonga aniq reja va yuqori kayfiyat bilan tushishdi. Natija esa — tarixiy hisob: 20:0!

O‘yin davomida terma jamoamiz raqibga hatto bir marta ham qarshi shayba urish imkonini bermadi. O‘yinni to‘liq nazorat qilib, raqibni mag‘lubiyatga mahkum etishdi.

Bu g‘alaba nafaqat uch ochko, balki jamoamizning musobaqadagi jiddiy da’vogarligini ham ko‘rsatadi.

Chempionatda keyingi o‘yin qanday kechadi? Endilikda hammani shu savol o‘ylantiryapti.

Siz nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston xokkeychilari finalgacha yeta oladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston xokkeyda Eronni maydondan supurdi! 20:0