date
views 220

“Siti”dan Virsga 150 mln yevro? Gvardiolaning katta rejasi

“Siti”dan Virsga 150 mln yevro? Gvardiolaning katta rejasi
Manchester Siti” tarkibni kuchaytirish maqsadida Germaniyadagi yorqin nomlardan biri — Florian Virsni xarid qilishga bel bog‘ladi, deb Bild.de xabar berdi.

“Shaharliklar” “Bayer”ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘ziga esa mavsum uchun 25 million yevro maosh taklif etilgan.

Gvardiola Virsni jamoa o‘yinida muhim rol o‘ynaydigan Kevin De Bryuynening o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.

Biroq vaziyat shunchaki emas — Virsning otasi uni “Bavariya”da ko‘rishni istamoqda. Shu bois uning keyingi manzili uchun kurash yanada qizg‘in tus olgan.

Florian Virs 2024/25 mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 13 ta golli pas bilan o‘zini ko‘rsatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti”dan Virsga 150 mln yevro? Gvardiolaning katta rejasi