date
views 11 468

Real murabbiyi mag‘lubiyatga izoh berdi

Real murabbiyi mag‘lubiyatga izoh berdi
"Real Madrid" Chempionlar Ligasi chorak finalida "Arsenal"ga har ikki uchrashuvda yutqazib, musobaqani tark etdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Birinchi o‘yinda 0:3, ikkinchisida esa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan madridliklar yarim finalga chiqa olmadi.

Uchrashuvdan so‘ng "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Movistar telekanaliga intervyu berib, vaziyatga munosabat bildirdi:

“Dinamika o‘zgarishi uchun bizga nimadir ijobiy narsa kerak edi. Bir oz ishonch, bir oz turtki. Harakat qildik, lekin birinchi o‘yindagi oqimni o‘zgartira olmadik. Keling, ochiq gaplashaylik — 'Arsenal' har ikki o‘yinda ham bosqichdan o‘tishga haqli edi. Futbolda ikki tomon bor: quvonch va qayg‘u. Biz odatda qayg‘uli tomonda bo‘lmaymiz, lekin bu safar bundan saboq olib, kelajakda kuchliroq bo‘lishimiz kerak”, – dedi Anchelotti.

"Real" keyingi o‘yinini 20-aprel kuni Ispaniya La Ligasida "Atletik"ga qarshi o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real murabbiyi mag‘lubiyatga izoh berdi