date
views 3 616

Anchelotti kelajagi haqida savolga kulib javob berdi

Anchelotti kelajagi haqida savolga kulib javob berdi
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi chorak finalidan chiqib ketgach, o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Madridliklar Arsenalga qarshi ikki uchrashuvda yutqazib, umumiy 1:5 hisobida turnirni tark etishdi.

Movistar telekanaliga bergan intervyusida Anchelottiga quyidagi savol berildi:
– Bu Real bilan Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yingiz bo‘lishi mumkinmi?
– Bu mavsumda – ha, – deya kulib javob berdi Anchelotti. – Kelajagim qanday bo‘lishini bilmayman. Va bilishni ham istamayman, – deb qo‘shimcha qildi italiyalik murabbiy.

Endi Karlo Anchelotti Realni 20-aprel, yakshanba kuni Atletikga qarshi La Liga o‘yiniga tayyorlaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti kelajagi haqida savolga kulib javob berdi