date
views 2 273

Karlo Anchelotti kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Karlo Anchelotti kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga qarshi ikkinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning holati va kelgusi rejalari haqida fikr bildirdi.

“Bugun o‘yin dinamikasini o‘zgartirishga kuchimiz yetmadi. Aslida, barcha taqdir avvalgi o‘yinda hal bo‘lib bo‘lgan ekan. «Arsenal» ikki o‘yinda ham yaxshi harakat qildi va yarim finalga chiqishga munosib edi,” — dedi Anchelotti.

Mashhur murabbiy jamoaning hozirgi maqsadlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

“Endi barcha diqqatni La Ligaga qaratamiz. Chempionlik uchun imkoniyatimiz bor. Oldimizda “Barselona”ga qarshi muhim bellashuv turibdi. Shuningdek, Ispaniya kubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham g‘alaba qozonish uchun kurashamiz. Mag‘lubiyatni tezroq unutib, olg‘a qarab harakat qilishimiz shart.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?